Karkas qurilishining standarti. Bitta varaq katta yuzani yopadi va mahkamlagichni mustahkam ushlaydi.
TO'LIQ TAVSIF OSB — yo'naltirilgan yirik yog'och qirindilarini qatlam-qatlam presslash orqali olinadigan plita. Qirindilar yo'nalishi qatlamdan qatlamga almashadi, shuning uchun plita egilishga yaxshi ishlaydi va murvat yoki mixni mahkam ushlab turadi. Fanerdan arzonroq va katta formatda keladi — karkas devor va tomni yopish tezroq hamda tejamliroq bo'ladi.
QAYERDA ISHLATILADI – Karkas uy devor va tom qoplamasi – Pol asosi va quruq styajka – Vaqtinchalik to'siq va shchitlar – Qadoqlash, yashik va poddonlar – Interyer va savdo nuqtalari bezagi
Sizning buyurtmalaringiz
Formani to'ldiring Siz bilan tez orada bog'lanamiz